bishkekda-qirgiz-ozbek-taraqqiyot-jamgarmasi-tashkil-etildi

Bishkekda Qirg'iz-O'zbek taraqqiyot jamg'armasi tashkil etildi

Qirg'iziston va O'zbekiston o'rtasida 50 million dollarlik sarmoya bilan Qirg'iz-O'zbek taraqqiyot jamg'armasi tashkil etildi

14 Nisan 2022 19:38

Bosh qarorgohi poytaxt Bishkekda bo‘ladigan O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasining rasmiy ochilish marosimi Qirg‘iziston Prezidenti Kongress markazida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Qirgʻiziston Vazirlar Kengashi raisi Oqilbek Japarov va Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruvi raisi Aziz Aliyev ham ishtirok etdi.

Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim prezident Sadir Japarovning bir yil avval O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi.

Qirg‘iziston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish uchun tashkil etilgan jamg‘armadan qishloq xo‘jaligi sanoati, tikuvchilik va to‘qimachilik, ishlab chiqarish, tog‘-kon-metallurgiya sanoati, uy-joy qurilishi, transport, savdo, tadbirkorlik, energetika, infratuzilmani rivojlantirish va turizmni rivojlantirish uchun kreditlar olish mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan 7 yil avval Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida 500 million dollarlik, bundan 5 oy avval esa  Qirg‘iziston va Vengriya o‘rtasida 16 million dollarlik rivojlanish jamg‘armalari tashkil etilgan edi.

Yangiliklar