bokuda-ham-navroz-bayrami-nishonlandi

Bokuda ham Navro'z bayrami nishonlandi

Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg'armasi tomonidan Navro’z bayrami dasturlari doirasida "Dunyomizni himoya qilaylik: Turk dunyosining urf-odatlari va an’analari" badiiy tanlovining g'oliblari taqdirlandi

22 Mart 2021 17:25

Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg'armasi tomonidan Navro’z bayrami dasturlari doirasida "Dunyomizni himoya qilaylik: Turk dunyosining urf-odatlari va an’analari" badiiy tanlovining g'oliblari taqdirlandi.

Xalqaro turk madaniyati va merosi jamg'armasi raisi Gunay Afandiyeva ishtirokchilarni Navro’z bilan tabrikladi.

O’z nutqida u Navro’z bayrami umuminsoniy madaniy qadriyat ekanligini ta'kidladi.

"Navro’zning YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro'yxatiga kiritilganligi bejiz emas", - dedi u.

U Navro’zning - bahor, poklanish, o'zgarish, yangi kun bayrami ekanligini ta’kidladi.

Gunay Afandiyeva urf-odatlar va marosimlar bu ajdodlardan qolgan buyuk xazina ekanligiga e’tibor qaratgan holda, "bizning maqsadimiz bu an'analarni saqlab qolish va ularni dunyoga yoyishdir", - dedi.

O'z navbatida u 30 yildan beri okkupatsiyasida bo'lgan Tog'li Qorabog'ni ozod qilinishi katta yutuq ekanligini ta'kidlagan.

Tadbirda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Ramiz Hasanov, Turkiyaning Ozarbayjondagi elchisi Erkan O’zo’ral, Qozog'istonning Ozarbayjondagi elchisi Serjan Abdikimov, O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi vakili Oybek Akramov, BMTning Ozarbayjondagi doimiy koordinatori G. Isagzay va boshqalar so’zga chiqdi.

 

Yangiliklar