bursa-shahrida-turk-dunyosi-madaniyat-poytaxti-2022-rasmiy-ochilish-marosimi

Bursa shahrida "Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti 2022" rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi

Bursa shahrida "Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti 2022" rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi. Marosim ko'tarinki ruhda o'tdi.

03 Nisan 2022 11:59

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti tomonidan 2022-yil Turk dunyosi madaniyat poytaxti deb e’lon qilingan Bursa shahrida rasmiy ochilish dasturi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar ham ishtirok etdi.

Dunyoda katta muammolar borligini ifoda etgan Turkiy Davlatlari Tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim:

“Agarda biz birdamlikni saqlasak, bizga hech kim hech narsa qila olmaydı”,- dedi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy o’z ma’ruzasida Turk dunyosining birgalikda harakat qilishi zarurligini ta’kidladi.

20 davlatdan 700 nafar san’atkor, 20 yakkaxon va 50 san’at guruhi ishtirok etgan tadbirda Turkiy davlatlaridan chiqishlar va raqslar namoyish etildi.

So'nggi yillarda Bursada o'tkazilgan eng katta xalqaro tadbirlardan biri bo'lgan dasturda turk dunyosining folklori, kiyim-kechaklari va musiqa madaniyati haqida ma'lumot berildi.

Dastur doirasida "Usmonli davri va sultonlar", "YUNESKO va Bursa san'ati", "Ipak yo'li, Karvonsaroy va Mehmonxonalar markazi Bursa",  "Bursadan chiqqa atoqli shaxslar" ", "Bursa" kabi mavzular muhokama qilindi.

Dasturning “Navro‘z” bo‘limida esa “Qish manzarasi va Xumo”, “Tabiat uyg‘onishi, ezgu ruhlar jangi, quyosh-oy, kunduz-kecha”, “Bahor kelishi", “Yangi hayot, yangi kun”, “Navro‘z sumalagi”, “Ipak qurti, pilla, kapalak va gul”, “Xush kelibsiz Bursa Navro‘z”, “Bahor shodligi, baxt, bayram, shodlik, tinchlik” va “Navro‘z qo‘shig‘i” nomli ko‘rgazmalar namoyish etildi. 

Bursa aholisi va turkiy dunyodan kelgan mehmonlar dasturga katta qiziqish ko'rsatdi.

Yangiliklar