bursada-2022-turk-dunyosi-madaniyat-poytaxti-koordinatsiya-markazi-ochildi

Bursada 2022 Turk dunyosi madaniyat poytaxti koordinatsiya markazi ochildi

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan “2022-yil Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan Bursa shahrida koordinatsiya markazi ochildi.

03 Nisan 2022 12:03

Koordinatsiya markazining ochilishida Turk dunyosi va Bursadan vakillar ishtirok etdi.

Ular dastlab Bursadagi Usmon G‘ozi va O‘rxon Gazi maqbaralariga tashrif buyurdi.

Shundan so‘ng sayil uyushtirilib, Navro‘z marosimlari o‘tkazildi.

2022 yil Turk dunyosi madaniyat markazi deb e’lon qilingan Bursa shahrida Koordinatsiya markazining ochilishida so’zga chiqqan Bursa shahar hokimi Alinur Aktash mehmonlarn tabrik etdi.

 U Bursaning madaniyat markazi sifatida saylanish katta sharaf ekanini ta’kidladi va  Bursaning bir qator tarixiy va madaniy qadriyatlarga ega ekanligini eslatib o’tdi.

Marosimda Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Kerimov, Qirg‘iziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jamanqulov, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi turizm, madaniyat, yoshlar va ekologiya vaziri Fikri Ataog‘lu, Bursa gubernatori Yakup Janbolat, TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov, Madaniyat va meros jamg‘armasi raisi Gunay Efendiyeva, Qozog‘iston va O‘zbekiston madaniyat vazirlari o‘rinbosarlari, shuningdek, qator davlatlarning Turkiyadagi elchilari va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Yangiliklar