bursada-28-29-mart-kunlari-turk-diaspora-tashkilotlari-yigilishi-bolib-otad

Bursada 28-29- mart kunlari Turk diaspora tashkilotlari yig'ilishi bo'lib o'tadi

28-30 mart kunlari Turkiyaning Bursa shahrida Turk diasporasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Kengashi tomonidan uyushtirilgan forumda 12 davlatdan 70  kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

27 Mart 2022 10:07

28-30-mart kunlari 2022-yil uchun “Turk dunyosi madaniyat markazi” deb e’tirof etilgan Bursa shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti diaspora muassasalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Konferensiya Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar kengashi tomonidan uyushtirildi.

Forumda 12 davlatdan 70 nafar vakil ishtirok etadi

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Kengashi rahbari Abdulla Eren, forumga Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi 12 davlatdan 70 nafar delegat ishtirok etishi kutilayotganini aytdi.

Ular orasida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bagdat Amreyev ham bor.

Turk dunyosi diasporalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi

Anjumanda diaspora rahbarlari hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Akademiklar turli diasporalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’ruza qiladilar. Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari esa o‘z faoliyati bilan tanishtiradi.

Forumda turkiy dunyoda diasporalar birligi va hamjihatligini kengaytirishga qaratilgan aniq qadamlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, irqchilik va diskriminatsiyaga qarshi birgalikda kurashishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yangiliklar