bursada-tashkil-etilgan-turk-davlatlari-tashkilotning-2-diaspora-forumi-davom-e

Bursada tashkil etilgan Turk Davlatlari Tashkilotning 2. Diaspora forumi davom etmoqda

Turkiyaning Bursa shahrida Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Kengashi tomonidan uyushtirilgan mazkur forum davom etmoqda.

29 Mart 2022 09:07

28-30-mart kunlari 2022-yil uchun “Turk dunyosi madaniyat markazi” deb e’tirof etilgan Bursa shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti diaspora muassasalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Forum Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar kengashi tomonidan uyushtirildi.

Forumda Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi 12 davlatdan qariyb 70 nafar delegat ishtirok etmoqda.

Ular orasida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bagdat Amreyev ham bor.

Anjumanda diaspora rahbarlari hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilinmoqda.

Akademiklar turli diasporalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’ruza qilgan. 

Forumda turkiy dunyoda diasporalar birligi va hamjihatligini kengaytirishga qaratilgan qadamlar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, irqchilik va diskriminatsiyaga qarshi birgalikda kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangiliklar