buxoro-amiri-olimxonning-yozgi-saroyi-sitorai-mohi-xossa

Buxoro amiri Olimxonning yozgi saroyi Sitorai Mohi Xossa

Sitorai Mohi Xossa bugungi kunda Buxorodagi eng mashhur turistik makonlardan biridir

02 Nisan 2022 15:18

Sitorai Mohi Xossa bugungi kunda Buxorodagi eng mashhur turistik makonlardan biridir.

Buxoroi sharifga tashrif buyurganlar bu majmuaga katta qiziqish ko'rsatdi.

Mahalliy aholi oddiy qilib, bu obidani «Amir Olimxonning dala hovlisi»  deb ataydi.

Chunki Buxoroning so‘nggi amiri Sayid Olimxon hordiq chiqarish uchun aynan  Mohi Xosa yozgi saroyinini tanlagan. 

Majmua Buxoro markazidan 4 kilometr uzoqda joylashgan.

Dastlabki inshootlar Nasrulloh (1826—60) va Muzaffarxon (1860—85) davrida qurilgan.

Abdullaxon davrida (1885-1910) bu yerda saroy va goʻzal bogʻ bunyod etilgan. Amir Olimxon davrida (1910—20) esa yangi saroy qurildi.

O‘z davrining eng go‘zal asarlaridan biri bo‘lgan yangi saroyda Rossiyada ta’lim olgan buxorolik me’morlar G‘arb va Sharq me’morchiligini  mahorat bilan uyg‘unlashtirdilar ammo vaqt o‘tishi bilan saroy buzilib ketdi.

1918 yilda yangi saroy qurilgan. Saroy erkaklar va ayollar bo'limlariga bo'lingan.

Saroyning tashqi me’morchiligida Yevropa izlar bo‘lsa-da, ichki qismi Sharqqa xos yorqin va rang-barang bezatilgan.

Yangiliklar