buxoro-xalq-respublikasi-tashkil-topganligining-100-yilligiga-bagishlangan-xalq

Buxoro Xalq Respublikasi tashkil topganligining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro simpozium o'tqazildi

Buxoro inqilobi va Buxoro Xalq Respublikasi tashkil topganligining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro onlayn simpozium o'tqazildi

03 Eylül 2020 16:13

Turkologiya Virtual Uchrashuvlari (TUSAT) va Samarqand Davlat Universiteti tomonidan tashkil etilgan online simpoziumda Samarqand Davlat Universiteti rektori, O'zbekiston Senati a'zosi Rustem Halmurodov, Turkiyaning Toshkentdagi favqulotda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er, Xalqaro Turkiya Akademiyasi Rahbari Doktor Darhan Qidirali, TUSAT kengashi raisi Timur Kocaoglu shuningdek, O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, AQSh va Chexiyadan ko'plab tarixchilar va olimlar ishtirok etishdi.

O’z nutqida Halmurodov Buxoro Xalq Respublikasi 5 yil hukm surgan bo'lsa-da, mintaqada siyosiy hayotida juda muhim rol o'ynaganligini va ushbu tadbirda Buxoro Xalq Respublikasining birinchi Davlat RahbariUsmon Xo'janing o'g'li Timur Xo’jao’g’li ham ishtirok etgani quvonarli ekanligini ta'kidladi.

O’z navbatida professor  Darxon Qidirali, Buxoro Xalq Respublikasi tashkil topshining 100 yilligi mustamlaka imperiyaga qarshi O'rta Osiyo xalqlarini uyg'otgan voqea sifatida  qardosh xalqlar uchun muhim ahamiyatga ega bayram kuni ekanligini bildirdi.

 Xo’jao’g’li esa Buxoro Xalq Respublikasining birinchi Davlat Rahbari bo'lmish otasi Usmon Xo'janing hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berdi.

U otasi Usmon Xo'janing 1921 yilda Buxoro Xalq Respublikasining birinchi Davlat Rahbari etib saylanganini va turk zobitlari ko'magida Buxoro armiyasini tashkil qilgani haiqda so’zlab bergan.

Turkiyaning Toshkentdagi Favqulotda va Muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er ham ko'p asrlik birodarlik, mushtarak tarix va tsivilizatsiya har doim ikki xalqni bir-biriga yaqin tutishini va ikki qardosh xalq minglab kilometr uzoqlikda bo'lishiga qaramay, ularning qalblari har doim ayni mafkura uchun urib turishini ta'kidladi.

Mehmet Sureyya Er Buxoro  Turkiya Respublikasining qardoshi bo’lmish Buxoro Xalq Respublikasi dunyoning qaysi burchagida bo'lishidan qat'i nazar, Turk davlati hech qachon yolg’iz qolmasligini yana bir bor isbotlaganligini ta'kidlab o’tdi.

Turkologiya Virtual Uchrashuvlari (TUSAT) va Samarqand Davlat Universiteti tomonidan tashkil etilgan simpoziumda Samarqand Davlat Universiteti rektori, O'zbekiston Senati a'zosi Rustem Halmurodov, Turkiyaning Toshkentdagi favqulotda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er, Xalqaro Turkiya Akademiyasi Rahbari Doktor Darhan Qidirali, TUSAT kengashi raisi Timur Kocaoglu shuningdek, O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, AQSh va Chexiyadan ko'plab tarixchilar va olimlar ishtirok etishdi.

Yangiliklar