buyuk-islom-olimi-imom-saraxsiy

Buyuk Islom olimi-Imom Saraxsiy

“Al Mabsut” asari muallifi Saraxsiy eng mashhur islom huquqshunoslaridan biridir.

03 Nisan 2022 12:48

Abu Bakr bin Muhammad bin Ahmad bin Abu Sahl as-Saraxsiy mashhur islom olimi bo‘lib, islom va fiqh ilmi haqida bir qancha kitoblar yozgan.

Imom Saraxsiy Qoraxoniylar davlatining Saras degan joyida tug‘ilgan.

Allomaning islom dunyosi tarixida o‘ziga xos o‘rni bor.

U “allomalar quyoshi” degan nomga ham musharraf bo’lgan.

U qozilik faoliyati bilan ham shug‘ullangan va xalq orasida odilligi va o‘tkir zehni  bilan e’tibor qozongan.

Imomi Saraxsiy Imomi A’zamning xanafiylik  mazhabining yetuk olimlaridan edi.

U ko‘plab shogirdlar yetishtirdi, undan ko‘plab imomlar saboq oldi.

Soliqlar narxi oshishi bilan Imom Saraxsiy bunga e'tiroz bildirdi va u 1073 yilda xoqon amir Hasan tomonidan xalqni qo‘zg‘olonga chorlagani uchun O‘zgan qamoqxonasiga qamaldi.

Imom Saraxsiy o‘zining eng mashhur va eng buyuk asari “Al Mabsut”ni qamoqda yozgan.

“Al-Mabsut” islomning fiqh ilmi haqidagi dunyodagi eng muvozanatli va qimmatli asarlardan biridir.

Saraxsiy 483/1090 yilda O‘zganda vafot etgan.

Uning maqbarasi O‘zgan shahrida joyalshgan.

Imom Seraxsiy masjidi va majmuasi

Imom Saraxsiy nomidagi masjid va majmuaning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Bu yerda masjiddan tashqari Islom ilmiy-tadqiqot markazi, Qur’on kursi, kutubxona, mehmonxona, oshxona va yotoqxona mavjud.

Bu yerdagi masjid 500 kishiga mo’ljallangan.

Majmua va masjid Usmonli meʼmorchiligi asosida qurilgan.

Yangiliklar