30 Mayıs 2021 13:48
Mashhur faylasuf Al-Forobiy tug'ilgan va sohibqiron Amir Temur vafot etgan O'tror shahrini Xo'ja Ahmad Yassaviy "Buyuk olimlar shahri" deb ta’riflagan. Bu shahardan turli sohalarda faoliyat ko’rsatgan 30 nafar buyuk olim yetishib chiqqan.
Aytishlaricha, birinchi parvoz jihozi ham aynan mana shu shaharda shlab kashf etilgan.
Qadimda devorlar bilan o'ralgan va uchta yirik tuman: Qal’a, Shahriston va Rabotdan iborat bo'lgan O'tror, hozirgi paytda 200 gektar maydonni egallagan O'tror tepaligining qoldiqlaridan iborat.
Shahar markazidagi Xon masjidining mihrab burchagi va ustunlari hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Olimlar ushbu mintaqada islom dini tarqalishida O'tror shahri muhim rol o'ynagan degan fikrda.
Arxeolog Serik Akilbek shaharda ilk qazish ishlari 1969 yilda boshlanganini va 50 yildan beri davom etayotganini ta'kidladi.
1991 yilda Qozog'iston o'z mustaqilligini e'lon qilganidan keyin O'tror shahri ochiq osmon ostidagi arxeologik muzeyga aylantirildi va davlat muhofazasiga olindi.