28 Kasım 2021 13:29
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan. Xuroson va Samarqandda tahsil olgan Navoiy temuriylar sultoni Husayn Bayqaro davrida vazirlik qilgan.
U oʻz mablagʻi bilan 40 ta karvonsaroy, 17 ta masjid, 9 ta hammom, 9 ta koʻprik, 20 ta hovuz qurdirgan.
Uning 30 dan ortiq yirik asari mavjud bo'lib, ular orasida chag'atoy turkchasi va qisman fors tilida yozgan yuzlab g'azallari bor.
1485 yilda Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan mashhur “Hamsa” asarini yaratgan. U 1501 yilda oʻzi tugʻilgan Hirot shahrida vafot etgan.
Navoiy turk tillarni yuksak badiiy til sifatida himoya qilgan. U nafaqat Chig‘atoy adabiyotining, balki butun turk adabiyotining yetakchi namoyandalaridan biridir.
Darhaqiqat, Usmonli shoirlari ham uni ustoz sifatida tanib, she’rlariga naziralar yozishgan.
Navoiyning tilning bunyodkorlik kuchidan foydalanib, milliy birlikni o‘rnatishga intilishini ko‘rsatgan asari “Muhokamat ul-lug’atayn”dir. Nevaiy bu asarida turkiy tilining fors tilidan ustunligini ochib berishga harakat qilgan. U bu asari bilan turk tilini adabiy til sifatidatan olmagan, balki fors tilida ijod qilgan zamondoshlarini ona tilidan foydalanishga chaqirgan.