buyuk-tabib-abu-ali-ibn-sino

Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino

Insoniyat tarixida birinchi bor yakka shaxs tomonidan yozilgan tabobatning mufassal ensiklopediyasi muallifi Abu Ibn Sino

10 Nisan 2022 10:52

Buyuk tabib Abu Ali Ibn Sino

Insoniyat tarixida birinchi bor yakka shaxs tomonidan yozilgan tabobatning mufassal ensiklopediyasi muallifi Abu Ibn Sino

Gʻarbda Avitsenna nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino 980 yili O’zbekistonning Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan.

U Buxoroda otasidan va davrning eng mashhur olimlaridan ta’lim olgan.

 10 yoshidayoq Qur'onni yod olgan, mantiq saboqlari olgan va yunon tilini o’zlashtirgan.

Keyinchalik u tibbiyot faniga qiziqish ko’rsatib, kasalliklar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.

U 19 yoshida tabib unvoniga muyassar bo’ladi va bemorlarni bepul davolay boshlaydi.

Ibn Sino 21 yoshida davrning eng mashhur tabiblaridan biriga aylandi.

Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin Sharq va Oʻrta Sharqning oʻsha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, baʼzilari esa fors tilida yozilgan.

Uning bizgacha yetib kelgan yirik asari “Kitob ush-shifo” (“Shifo kitobi”) hisoblanadi. 22 jilddan iborat boʻlgan bu kitob mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir ma’lumotlarni qamrab olgan ulkan ensiklopediya hisoblanadi.

 Kitobning ayrim qismlari lotin tiliga, g’arb tillariga, sharq tillariga, shuningdek, rus, oʻzbek tillariga ham tarjima qilingan.

Uning 5 jilddan iborat "Tib qonuni" asarida inson tanasining barcha organlari va ularning kasalliklari, dori vositalari va dori vositalarini tayyorlash usullari birma-bir tushuntirib berilgan.

“Tib qonuni” 17-asrning oʻrtalarigacha Yevropa universitetlarida tibbiyot fanida fundamental asar sifatida oʻqitilgan.

Bu asari tufayli Ibn Sino XIV asrda Yevropada “tibbiyot hukmdori” sifatida qabul qilingan.

O'rta asrlar Yevropa tibbiyot kitoblarida Avitsenna toj kiygan hukmdor sifatida tasvirlangan.

 

Yangiliklar