dunyodagi-birinchi-va-yagona-miniatyura-kitob-muzeyi

Dunyodagi birinchi va yagona miniatyura kitob muzeyi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan miniatyura kitob muzeyida 66 davlatdan asarlar mavjud.

11 Haziran 2022 17:53

Faqatgina 7,5 sm dan kichik kitoblar miniatyura sifatida qabul qilinadigan ushbu muzey Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

 U taniqli ozarbayjonlik rassom Tohir Salahovning singlisi, filolog Zarife Salahova tashrif buyurgan har bir mamlakatidan miniatyura kitoblarini yig'a  boshlagan va mana shu tarzda mazkur muzeyga asos solingan.

Keyinchalik Ozarbayjon prezidentligi koʻmagida  Salahova orzusini roʻyobga chiqardi va oʻz kolleksiyasini muzeyga aylantirdi.

Muzeyning eng muhim qismlaridan biri XVII asrga oid Qurʼon qoʻlyozmasi hisoblanadi.

Yaponiyada nashr etilgan 0,75x0,75 millimetr o‘lchamdagi “To‘rt fasl gullari” nomli kitob muzeydagi eng kichik kitobdir.

Yigirma ikki sahifali bu kitobni maxsus mikroskop orqali o‘qish mumkin.

Muzeyda Turkiyadan keltirilgan asarlar ham bor.

 

Yangiliklar