erzinjonning-kemaliye-turistik-tumaniga-tinch-shahar-maqomi-berildi

Erzinjonning Kemaliye turistik tumaniga “tinch shahar” maqomi berildi.

O'zining tarixiy va madaniy boyliklari bilan ajralib turadigan Kemaliye tumani tinch shaharlar ro'yxatiga kiritilgan. Shunday qilib, Kemaliye Turkiyaning ushbu ro'yxatga kiritilgan 21-tumani bo'ldi.

03 Nisan 2022 12:57

2022-yil 26-mart kuni “Cittaslow” xalqaro kengashi onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish natijasida Turkiyaning Kemaliye tumani “tinch shaharlar” ro‘yxatiga kiritildi.

Kemaliye tumani tarixiy Ipak yo'li bo'ylab joylashgan. Mustafo Kamol Otaturk ushbu tumanga  “Kemaliye” deb nom bergan.

Tarixda bir qancha sivilizatsiyalar vatani bo‘lgan Kemaliye hududi an’anaviy me’morchiligi va madaniy merosi bilan ajralib turadi.

Tuman  2021-yil 30-aprelda YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

2003 yilda Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi vazirligi Kemaleyni o'zining ustuvor turizm hududlari ro'yxatiga kiritdi.

Cittaslow ro'yxati faqat ma'lum mezonlarga javob beradigan kamdan-kam shaharlarni o'z ichiga oladi

Cittaslowning maqsadi hayot sur'atini sekinlashtirish, monotonlikka qarshi kurashish va shaharlardagi hayot sifatini yaxshilashdir.

Shuningdek shaharlarning tabiiy qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari, mahalliy me'morchiligi, taomlari, musiqasi va hunarmandchiligini muhofaza qilishga katta ahamiyat beriladi.

Kemaliye tumanining ham ushbu ro‘yxatga kiritilishi esa tumanning rivojlanishiga, butun dunyoda tanilishiga xizmat qiladi.

Kemaliye Turkiyaning ushbu ro'yxatga kiritilgan 21-tumani bo'ldi.

Yangiliklar