fargona-vodiysidagi-200-dan-ortiq-shahar-va-aholi-manzilgohlari-dashnaklar-tom

Farg'ona vodiysidagi 200 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari dashnaklar tomonidan vayron qilingan

Farg'ona vodiysidagi 200 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari dashnaklar tomonidan vayron qilingan

17 Şubat 2021 11:40

29 yildan buyon arman dashnak to'dalari faoliyatini tadqiq qilgan o'zbek tarixchisi, tadqiqotchisi va yozuvchisi Shuhrat Barlos AA muxbiriga ushbu to'dalar tomonidan Turkiston Muxtoriyatini yo'q qilish uchun amalga oshirgan qatliom haqida so’zlab berdi.

Barlosning ta'kidlashicha, armanistonlik dashnaklarning qurollangan to'dalari Turkiston hukumatini katta xavf deb bilgan rus bolsheviklari tomonidan ishga solingan.

Turkistonni yo’q qilish maqsadida 10 vagon dashnak jangarilari Kaspiy dengizi orqali Ashxabodga, so'ngra Qo’qonga olib kelingan.

Barlos, 1918 yil 13 fevralda boshlangan va 3 oy davom etgan Turkiston hukumatini yo'q qilish qirg'inida Farg'ona vodiysidagi 200 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari dashnaklar tomonidan vayron qilinganligini aytdi.

Tarixshunos: “35 mingdan ortiq odam, asosan qariyalar, ayollar va bolalar vahshiylarcha o'ldirildi”, dedi.

1890 yilda Tbilisida tashkil topgan va butun faoliyati davomida musulmon turklarni nishonga olgan Dashnak partiyasining terroristik tashkilot bo'lganligini ifoda etgan Barlos, Farg'onadagi qirg'in, 1915- yilgi Anatoliyadagi voqealardan keyin sodir bo'lganligini ta'kidladi.

29 yil davomida dashnak  faoliyatini tadqiq qilgan olimning “Dashnaklar Farg'onadan Qorabog tomon" kitobi Germaniyada nashrga tayyorlanmoqda.

 

Yangiliklar