hayotini-islomni-togri-tushunish-va-tushuntirishga-bagishlagan-alloma-imom-mo

Hayotini Islomni to'g'ri tushunish va tushuntirishga bag'ishlagan alloma-Imom Moturidiy

Buyuk fiqh olimi va moturidiylik oqimi asoschisi-Imom Moturidiy iymonda ham aql-idrokning o'rni borligini yoqlagan zotdir.

12 Haziran 2022 15:10

O‘zining kitoblari va ratsional falsafasi bilan islom dinini yoyishga hissa qo‘shgan buyuk din olimi Abu Mansur Muhammad bin Muhammad bin Mahmud al-Moturidiy O‘zbekistonning Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Uning tug'ilgan yili noma'lum bo'lsa-da, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra,  863 yil yoki 870-yil tavallud topganligi ilgari suriladi 

Imom Moturidiy islomni zo‘ravonlik  bilan emas, tushuntirish orqali yoyishni targ‘ib qilgan.

Uning bag‘rikeng, xolis va zamonaviy qarashlari islom ulamolari orasida katta hurmatga sazovor bo‘lgan.

U haqiqiy e’tiqod ko‘r-ko‘rona iymon bilan emas, Olloh bergan aql-zakovatdan foydalangan holda shakllanadi degan g'oyani ilgari surgan.

Uning “Tavhid” kitobi ham aynan aql va e’tiqod o‘rtasidagi mutanosiblikni o‘rnatishga qaratilgan asardir.

80 yoshgacha masjidlarda va’z o'qigan  va shogirdlar tayyorlashda davom etgan Imom Moturidiy 944-yil aprel oyida vafot etdi.

Hayotini Islomni to'g'ri tushunish va tushuntirishga bag'ishlagan Imom Moturidiyning 15 ga yaqin asari ma’lum.

Ayniqsa, “Kitob-ut-tavhid”, “Tevilat-ul-Qur’on”, “Kitob-ul-makalat fil-kelom”, “Me’haz-ush-sheriyye” “Kitob-ul-cedel” shunchalik qimmatlidirki, ularni topib bo'lmaydi.

 Moturidiyning Islomga qarashi bugungi kunda ham ko'plab musulmonlar tomonidan ilgari surilgan e'tiqod falsafalaridan biri sifatida davom etayotgan bo'lib, aynan u moturidiylik asoschisi hisoblanadi.

Yangiliklar