hindistonda-boburiylar-hukmronligiga-asos-solgan-zahiriddin-muhammad-bobur

Hindistonda Boburiylar hukmronligiga asos solgan-Zahiriddin Muhammad Bobur

Boburiylar 1526-1858 yillarda Hindistonda hukm surdi

24 Eylül 2021 17:06

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umar Shayx Mirzoning o’g’li edi. Zahiriddin Muhammad Bobur adib, shoir, olim yirik davlat arbobi va sarkarda edi. 1494 yili otasining vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlangan.

1519–1527 yillarda qilgan yurishi natijasida u hozirgi Afg'oniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar sulolasiga asos soldi.

Shunday qilib u 1526-1858 yillarda Hindistonda Boburiylar hukmronligini ta'minladi.

Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etdi. Uning qabri 1539 yilda Kobuldagi Bog’i Boburga o'tkazilgan va 1646 yilda uning qabri ustiga maqbara qurilgan.

 

Madaniyat va san'at

San'atga va madaniyatga katta ahamiyat bergan Bobur zabardast shoir va yozuvchi edi. U oʻrta asr madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatiga katta hissa qo’shgan.

Umuman olganda, Boburiylar sulolasining barcha a'zolari madaniyat va san'atga katta ahamiyat bergan.

Hindistonda, ayniqsa, astronomiya, adabiyot, me'morchilik va san'at sohalarida Boburiylar davrida katta yutuqlarga erishildi. Boburiylar me'morchiligining eng muhim asari Shoh Jahon tomonidan qurdirilgan Toj Mahaldir.

Bundan tashqari, Boburiylar  me'morchiligining eng nodir namunalari bo’lmish Humoyun maqbarasi, Agra va Lahor qal'alari YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Boburiylar me'morchiligi namunalari nafaqat Hindistonda, balki Pokiston, Afg'oniston va Bangladeshda ham uchraydi

Yangiliklar