ilhom-aliyev-shusha-shahrida-navro-z-alangasini-yoqdi

Ilhom Aliyev Shusha shahrida Navro’z alangasini  yoqdi

Ozarbayjonda esa Navro’z  bayrami tadbirlari boshlandi

20 Mart 2021 16:41

Ertaga, 21 mart kuni turk dunyosi Navro’zni nishonlaydi.

Ozarbayjonda esa Navro’z  bayrami tadbirlari boshlandi. Prezident Ilhom Aliev, rafiqasi Mihriban Aliyeva va qizi Leyla Aliyeva bilan Armanistondan qaytarib olingan  Shusha shahrida Navro’z alangasini  yoqdilar. Shundan keyin Prezident xalqqa murojaat qildi.

«Biz ko'p yillardan buyon Qorabog'da Navro’z bayramini nishonlashni xohlardik. Bizning xohishimiz amalga oshdi. Bugun biz Navro’zni mamlakatimizning madaniy markazi Shushada nishonlamoqdamiz. Bu tarixiy voqea. Katta quvonch!",-dedi.

O'z navbatida, u urushda halok bo'lgan askarlarning yorqin xotirasi hech qachon unutilmasligini va har bir fuqaroning qalbida yashashini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, Armaniston tomonidan vayron qilingan shahar va qishloqlar yaqin kelajakda qayta tiklanadi.

 

"Biz XXI asr urushida g’alaba qozondik"

 

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ikkinchi Qorabog’ urushi hozirgi kunda dunyoning yetakchi davlatlarining harbiy maktablarida o'rganilayotganini ta'kidladi.

«Biz XXI asr urushini olib bordik va dushmanni yo'q qildik. Endi Armaniston armiyasi yo'q. Bugun Shushada Navro’zni nishonlayotib, quyidagilarni faxr bilan aytaman:

"Shusha - ozod!", "Shusha - Ozarbayjonniki!", "Qorabog' Ozarbayjonga tegishli", - dedi Aliyev.

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar