iqtisodiy-hamkorlik-tashkilotining-tabiiy-ofatlar-xavfini-kamaytirish-boyicha-8

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha 8-konferensiyasi onlayn tarzda o'tkazildi

Sulaymon So’ylu anjumandagi murojaatida pandemiya muammosiga to'xtalib o'tdi

17 Mart 2021 20:04

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha 8-konferensiyasi onlayn tarzda o'tkazildi.

Uchrashuvda IHT Bosh kotibi Hadi Sulaymonpur, Qirg'iziston, Turkiya, Afg'oniston, Ozarbayjon, Eron, Qozog'iston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, O'zbekiston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vazirlari va Turkiya Respublikasi ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu ishtirok etdi.

Sulaymon So’ylu anjumandagi murojaatida pandemiya muammosiga to'xtalib o'tdi. Uning ta'kidlashicha, dunyo xalqlari pulni emas balki xavfsizlik, tinchlik va birodarlikni qadrlashlari va globallashuv jarayonida ushbu masalalarga ko'proq e'tibor berishlari kerak.

U zilzilalar, iqlim o'zgarishi yoki epidemiyalar chegaralarni tan olmasligiga, so'nggi yillarda tabiiy ofatlarning ta'siri kuchyaganligiga diqqat qaratdi.

"Tabiiy ofatlar o'z-o'zidan tugamaydi, ammo konferensiyada ishtirok etayotgan mamlakatlarning hamkorligi, ular bir-birlari bilan bo'lishishlari mumkin bo'lgan tajriba va imkoniyatlar zararni kamaytirishi mumkin",- dedi u.

Marmara zilzilasi falokatlarni boshqarishda yangi bosqichni boshlab berdi

1999 yilda Turkiyaning Marmara mintaqasida zilzila sodir bo'ldi. Ushbu voqea tabiiy ofatlarni boshqarishda yangi bosqichni boshlab berdi. Sulaymon So’yluning so'zlariga ko'ra, Marmaradagi zilziladan keyin tabiiy ofatlarni boshqarish usuli uch toifaga bo'lingan: halokat oldidan, halokat vaqtida va halokatdan keyin.  Mana shu doirasida 2016 yilda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish rejasi ishlab chiqilgan.  

Bugungi kunga kelib 2 million 858 ming kishi tabiiy ofatlar bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tdi.

Sulaymon So’ylu Turkiya muassasalari favqulodda vaziyatlarga tayyor ekanligini bildirdi.

Vazirning so'zlariga ko'ra, shu paytgacha Turkiyada 2 million 858 ming kishi malaka oshirgan. 2021 yilda 51 million fuqaroni o'qitish rejalashtirilgan. Sulaymon So’ylu 2020 yilda Turkiyada ko'plab zilzilalar bo'lganini eslatib, tabiiy ofatlar ta'sirini kamaytirish uchun ijobiy qadamlar qo'yilayotganini ta'kidladi. Masalan, 2020 yilda Elazig' va Malatya viloyatlarida sodir bo'lgan zilziladan so'ng zilzilaga chidamli yangi uylar qurildi. Hammasi bo'lib 26 mingta uy qurish rejalashtirilgan. Ulardan 8000 tasining qurilishi tamomlanib, fuqarolarga topshirildi. Qolgan uy-joylar esa yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.

Izmirda 5 ming uyning poydevori qo'yildi

Turkiya nafaqat o'z hududida, balki Suriyaning Idlib shahrida ham uy-joylarni tiklamoqda. Hozirgacha mazkur shaharda 32134 dona briket uylari qurilgan. Yana 8229 ta uyning qurilishi davom etmoqda.

Vazirning so'zlariga ko'ra, Turkiyada 2019-2020 yillarda zilzilalar soni 43 foizga oshgan. U tabiiy ofatlarga chidamli jamiyat qurish iqtisodiy rivojlanishning muhim poydevori ekanligini ta'kidladi.

Yangiliklar