istanbul-turk-dunyosining-yoshlik-poytaxti-deb-elon-qilindi

Istanbul "Turk Dunyosining Yoshlik Poytaxti" deb e'lon qilindi

Turkiya Yoshlik va Sport vaziri Muharrem Kasapo'g'lu Istanbul 2023-yilning "Turk Dunyosining Yoshlik Poytaxti" deb e'lon qilinganligini bildirdi

30 Eylül 2022 19:26

Bursada Turk Davlatlari Tashkilotiga a'zo davlatlarning Yoshlarni qo'llab quvvatlash va sport vazirlarining Oltinchi Yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Iznikda o'tkazilayotgan IV Jahon Ko'chmanchi Musobaqalari  doirasida  tashkil etilgan mazkur yig'ilishda so'zga chiqqan Turkiya Yoshlik va Sport vaziri Muharrem Kasapo'g'lu mazkur yig'ilish yoshlar uchun katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

M. Kasapo'g'lu Turkiya mezbonlik qilayotgan IV Jahon Ko’chmanchi Musobaqalari birdamlikni va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi va ushbu tadbirni  tashkil etilishiga hissa qo’shganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya Yoshlik va Sport vaziri Muharrem Kasapo'g'lu Istanbul 2023-yilning "Turk Dunyosining Yoshlik Poytaxti" deb e'lon qilinganligini bildirdi

 

 

Yangiliklar