istanbulda-turk-davlatlari-tashkilotining-maqsadi-va-oqsoqollar-kengashining-ro

Istanbulda “Turk davlatlari tashkilotining maqsadi va Oqsoqollar kengashining roli” dasturi boʻlib oʻtdi.

Turk Davlatlari Tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim, Turk Davlatlari Tashkiloti hech kimni qo’rqitishni maqsad qilmaganligini ta’kidladi.

24 Mayıs 2022 17:34

B. Yildirim, “Turk Davlatlari Tashkilotining maqsadi va Oqsoqollar Kengashining Oʻrni” dasturida soʻzlagan nutqida, turkiy davlatlarda jami 170 million, boshqa mamlakatlardagi esa  taxminan 300 million  turkiy aholi borligini aytdi.

Turk Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning yillik jami yalpi mahsuloti 1,5 trillion dollar ekanligini ta’kidlagan Yildirim, buning dunyodagi 13-o’rinli iqtisodiyot ekanligini ta’kidladi.

O'rta muddatli maqsadlari Turk Davlatlari Tashkilotiga a'zo davlatlarning o'zaro ulushini 140 milliard dollarga yetkazish ekanligini ifoda etgan Yildirim:

 "A'zo davlatlar 700 milliard dollarga yaqin savdo qiladi. Lekin mana bu ajoyib raqam. Ammo o'zaro savdo  16 milliard dollar" ,-dedi.

O'tmishda Ipak yo'li bilan boylikning ba'zi davrlarda G'arbga, ba'zi davrlarda esa Sharqqa ko'chganini tushuntirgan Yildirim, endi boylikning yana Sharqqa siljiganiga diqqat qaratdi.

Yildirim nutqini quyidagicha davom ettirdi:

"Bugun biz dunyodagi eng katta aeroportni shon-shuhrat uchun qurmadik.

Bu dunyoning markazi Turkiya bo'lishini ta’minlaydi. Istanbul orqali  3 soatlik masofada 50 dan ortiq davlatga borish mumkin.”

Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayoni

Yildirim, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoniga to'xtalib, "Xavfsizlik tashvishlari bilan Skandinaviya davlatlarini NATOga qo'shishga harakat qilmoqdalar. Ammo Turkiyaning xavfsizlik tahdidlari butunlay bartaraf etilmasa, bunga yo’l qo’yilmaydi”,-dedi

"Biz Shimoliy Kipr Turk Respublikasining tashkilotdagi o'rnini egallashini maqsad qilganmiz"

Yildirim, Turk Davlatlari Tashkilotida 7 davlat borligini va Turkmanistonning O'zbekistonda bo'lib o'tadigan sammitda to'laqonli a'zo sifatida ishtirok etishidan umidvor ekanliklarini bildirdi.

Yildirim:

"Bu yerda bir kamchiligimiz bor bu - Shimoliy Kipr Turk Respublikasi.

Shimoliy Kipr Turk Davlatlari Tashkilotida hech boʻlmaganda, kuzatuvchi sifatida oʻz oʻrnini egallashi kerak. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yillar davomida xalqaro miqyosda ko’plab adolatsizliklarga  duch kelgan. Bunga yaqin kunlarda chek qo’yiladi deb umid qilamiz”,-dedi u.

Shuningdek, Binali Yildirim Turk Davlatlari Tashkilotining maqsadlariga ham toʻxtalib o’tdi:

"Turk Davlatlari Tashkilotining maqsadi hech kimni qo'rqitish emas, lekin biz hech kimdan qo'rqmasligimizni ko'rsatishga qaror qildik.

Mintaqaning farovonligi, tinchligi va xavfsizligi uchun birgalikda harakat qilishda davom etamiz”, - dedi u.

Yangiliklar