jahon-banki-o-zbekistonga-moliyaviy-yordam-korsatadi

Jahon banki O‘zbekistonga moliyaviy yordam ko'rsatadi

Jahon banki "Mozori Sharif-Qobul-Peshovar" temir yo'l loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadi

19 Mayıs 2021 15:10

O'zbekiston Bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuv o’tkazdi va tomonlar o'rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Mintaqaviy integratsiya va Afg'onistonda barqarorlik o’rnatish to'g'risida fikr bildirar ekan, Anna Byorde bank "Mozori Sharif-Qobul-Peshovar" temir yo'l qurilishi loyihasini amalga oshirishda moliyaviy ko'mak ko'rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Byorde ushbu loyihaga boshqa xalqaro moliya institutlarini ham jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lishini ta’kidlab o’tgan.

Fevral oyida Toshkentda O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Afg'oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Pokiston Bosh vazirining savdo, sanoat va investitsiyalar  bo’yicha maslahatchisi Abdurazzoq Dovud ishtirokida bo'lib o'tgan "O'zbekiston-Afg'oniston-Pokiston" uch tomonlama ishchi guruhining birinchi yig'ilishida "Mozori Sharif-Qobul-Peshovar" temir yo'lining qurilishi loyihasi qabul qilingan edi.

O'zbek rasmiylari Markaziy Osiyo mamlakatlari Afg'oniston va Pokiston orqali portlarga eng qisqa vaqt ichida kirish imkoniyatiga ega bo'lishlarini ta'kidladilar.

 

Yangiliklar

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.