joriy-yilning-birinchi-7-oyida-ozbekistonning-tashqi-savdo-hajmi-19-5-milliard

Joriy yilning birinchi 7 oyida O'zbekistonning tashqi savdo hajmi 19,5 milliard dollarga yetdi

Özbekistan

22 Eylül 2020 17:08

O'zbekiston Davlat Statistika Qo'mitasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, yilning dastlabki yetti oyida 150 dan ortiq davlatlar bilan savdo qilgan O'zbekistonning tashqi savdo hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 foizga kamaydi va 19 milliard 544,3 million dollarni tashkil etdi.

Bayonotga ko'ra, mamlakat eksporti yanvar-iyul oylarida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 21,3 foizga kamayib, 8 milliard 283,6 million dollarni, import esa 17,7 foizga kamayib, 11 milliard 260,7 million dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda mamlakatning tashqi savdo defitsiti 2 milliard 977,1 million dollarga yetgan.

Ushbu davrda O'zbekiston eng ko'p tashqi savdo qilgan mamlakatlar 3,44 milliard dollar bilan Xitoy, 3,1 milliard dollar bilan Rossiya, 1,53 milliard dollar bilan Qozog'iston, 1,31 milliard dollar bilan Janubiy Koreya hamda 1,03 milliard dollar bilan Turkiya bo’lgan.

Yilning dastlabki 7 oyida Turkiyaning O'zbekiston bilan tashqi savdo hajmi 1 milliard 38,6 million dollarni tashkil yetgan bo’lib, eksport hajmi 27,6 foizga kamaygan va 482,8 million dollarni, import hajmi esa 23,8 foizga kamayib, 555,8 million dollarni tashkil etdi.

2019 yilda O'zbekiston bilan eksport hamkorligida Turkiya to'rtinchi o’rinda bo’lgan bo’lsa, joriy yilning dastlabki 7 oyida uchinchi o'rinni egalladi.

O'tgan yili esa O'zbekistonning tashqi savdo hajmi 2018 yilga nisbatan 26,2 foizga o'sdi va 42,2 milliard dollarni tashkil etdi. Mamlakat eksporti 15 foizga o'sib, 17,9 milliard dollarni, import esa 25 foizga oshib, 24,3 milliard dollarni tashkil etgan edi. Shuningdek, 2019-yilda mamlakat tashqi savdo defitsiti 6,4 milliard dollar bo’lgan.

Yangiliklar