joriy-yilning-birinchi-yarimida-kapadokyada-havo-sharida-uchgan-turistlar-soni-2

Joriy yilning birinchi yarimida Kapadokyada havo sharida uchgan turistlar soni 258 mingga yetdi

Kapadokyada havo sharida uchayotgan sayyohlar soni joriy yilning birinchi yarmida 258 ming 914 kishiga yetdi. Bu ko'rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 186 foizga oshdi.

11 Temmuz 2022 09:29

Nevshehir hokimiyatining  ijtimoiy media hisobidan berilgan bayonotda 2022 yilning yanvar-iyun oylarida mintaqada 12 ming 558 ta havo shari parvozi amalga oshirilgani va bu turlarda 258 ming 914 nafar mahalliy va xorijiy sayyoh ishtirok etgani qayd etildi. 

Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasiga qarshi kurash boshlangan 2020-yil davomida Kapadokiyadagi havo shari sayohatiga 120 ming 917 kishi qatnashgan boʻlsa, oʻtgan yilning birinchi 6 oyida bu koʻrsatkich 90 ming 493 nafarni tashkil qilgan edi. Turizmda faollik kuzatilgan hududda bu yil havo sharida sayohatlarga qiziqish ortdi.

Goreme shahri va uning atrofidagi turli hududlardan quyosh chiqishi bilan osmonga ko'tarilgan havo sharlari, taxminan 45 daqiqa davomida sayohat qiladi.

Yangiliklar