05 Şubat 2022 14:37
Kaltaminor tarixiy Xiva shahridagi joylashgan. Kaltaminor, Ichanqal'asining g'arbiy darvozasiga kirgandan keyin ko’rishingiz zarur bo’lgan joylar orasida birinchi o'rinda turadi.
Kaltaminor Muhammad Aminxon madrasasining old tomonida joylashgan.
Rivoyat qilishlaricha, Kaltaminor 1852 yilda "mintaqaning eng katta minorasi" bo'lish maqsadida qurila boshlangan, ammo minorani qurdirgan Muhammad Aminxon vafotidan keyin qurilish 26 metr balandlikda tugallanmagan holda qoldirilgan.
Shu sababli xivaliklar minorani Kaltaminor, ya’ni “Qisqa minora” deb atashgan. Ushbu me'moriy yodgorlik poydevorining diametri - 14,2 metrdir.
Kaltaminor ko'k, firuza va oq ranglardan foydalangan holda koshinlar bilan bezatilgan. Firuza koshinlar ko’p ishlatilgani uchun uni "Ko'kminor" deb ham atashadi. Ushbu minora Xivaning eng diqqatga sazovor yodgorliklaridan biridir.