ko-pkari-qirgizistonda-juda-ommabop-o-yin

Ko’pkari  - Qirg'izistonda juda ommabop o’yin

Ko'pkari sharhlovchilari-o’yinni hayajon bilan sharhlash va bu tuyg’uni insonlarga yetkazib berish san'atiga ega

11 Nisan 2021 12:22

Ko’pkari (ko’kbo’ru) - qirg'izlar uchun qadimgi ko'chmanchilarning turmush tarzi va harbiy urf-odatlaridan meros bo'lib o'tgan qadimiy milliy ot sporti o'yinlaridan biridir.

So'nggi yillarda Qirg'izistonda ushbu o'yin maxsus ipodromda o'tkazildi. Hozirgi kunda ham bu yoshlar orasida eng mashhur milliy o'yinlardan biri.

Ushbu o’yinni hayajon bilan sharhlash va bu tuyg’uni odamlarga yetkazib berish - bu alohida san'at. Qirg'izistonning ko’pkari sharhlovchilari bu borada ko’pchilikni ortta qoldiradi. Ba'zan hayajonli, ba'zan kulgili satiralar bilan ular odamlarni kuldirishadi va yaxshi kayfiyat ulashadilar.

Sharhlovchilar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ko‘k bo‘rining mazmun-mohiyatini barchaga yetkazib berishdi va yoshlarni mardlik hamda vatanparvarlikka chorlaydilar. O'yin to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilish uchun qirg'iz maqollari va so'zlaridan keng foydalaniladi.

Ba'zan ular o'yinchilarni ilhomlantiradi va shiorlar aytishadi. Ayrim hollarda, avtodromda qoidalarga rioya qilmaydigan muxlislarni ogohlantirish va tanbeh berish ham ularning vazifasidir.

 

Ko’pkari  - Qirg'izistonda juda ommabop o’yin

 

Erlan Shatemirov Qirg'izistondagi eng taniqli sharhlovchilardan biridir.

“ Ko’pkari - Qirg'izistonda juda mashhur o'yin. Har bir bayramda ipodromda turli xil ot sporti o'yinlari o'tkaziladi. Men 5 yildan beri tomoshabinlarga ko’pkarini sharhlab beraman. Men o'yinni tomoshabinlarga hayajon bilan yetkazishga harakat qilaman va shunday qilib ularning ko'nglini ko'taraman”, - dedi u.

Shatemirov ta'kidlaganidek, ko'pkari Qirg'iziston madaniy merosining muhim qadriyatlaridan biridir.

“Bizning asosiy vazifamiz - ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan ko'pkarini kelajak avlodlarga yetkazishdir. Mening maqsadim nafaqat yoshlarga o'yin haqida gapirib berish, balki ularni vatanparvarlikka chorlashdir”, - dedi u.

Ko’pkari o'yinining kelib chiqishi juda qadimiy va chuqur tarixga ega.

Uzoq o'tmishda o'yinning asosiy maqsadi dushman hujumiga tayyorgarlik ko'rish edi. O'yin davomida otlar ham, otda o'tirgan yigitlar ham jasurlikka va mardlikka o'rgatiladi.

Hozirda ko’pkari Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya, Xitoy, Mo'g'uliston, Afg'oniston, Pokiston va Turkiyada o'ynaladi.

Yangiliklar