koronavirus-pandemiyasini-inobatga-olgan-holda-o-zbekistonda-navro-z-umumxalq-ba

Koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda O’zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari karantin chora tadbirlariga rioya qilgan holda tashkil etilmoqda

O’zbekiston davlaty rahbari Shavkat Mirziyoyev Humo Arena majmuasida  tashkil etilgan 21-mart kuni Navro’z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etti

21 Mart 2021 21:48

Sobiq Sovetlar davrida Navro’zni O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ochiq nishonlash imkoni bo’lmagan.

Mustaqillikdan keyin esa Navro’z davlat miqyosida keng nishonlanadigan bayramga aylandi.

Bu yil koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda O’zbekistonda Navro‘z bayrami tadbirlari karantin chora tadbirlariga rioya qilgan holda mahallalarda tashkil etilmoqda.

O’zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Humo Arena majmuasida  tashkil etilgan Navro’z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etti.

Shuningdek, davlat rahbari bayram saylida ham qatnashgan

Davlat rahbari milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik guruhlarningh sahna chiqishlarini tomosha qildi.

SH. Mirziyoyev yosh ijodkorlarga izlanishdan to’xtamaslikni va ijodiy muvaffaqiyatlarni tiladi

O’zbekiston bo’ylab Navro‘z sayillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda davom etadi.

 

Yangiliklar