madrasalar-shahri-buxoro-ozining-manaviy-muhiti-bilan-ziyoratchilarda-katta-ta

Madrasalar shahri-Buxoro o'zining ma'naviy muhiti bilan ziyoratchilarda katta taassurot qoldiradi

Buxoroi sharif asrlar davomida saqlanib qolgan tarixiy madaniy boyliklari bilan tashrif buyuruvchilarga o'zgacha ma’naviy muhit taqdim etmoqda.

03 Nisan 2022 11:12

Mehmonlarini o‘zining ma’naviy muhiti bilan maftun etayotgan Buxoroning ko‘chalarida o‘tmishning chuqur izlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab inshootlar, maqbaralar mavjud.

Koshinlar bilan qoplangan ko‘plab madrasalar Buxoroning asrlar davomida saqlanib kelayotgan tarixiy-madaniy tuzilishiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Dunyoda “Islom gumbazi” unvoniga ega uch shahardan biri sifatida tanilgan Buxoro Imom Buxoriy va Ibn Sino tug‘ilib o‘sgan maskandir.

 "Shahar "Qubbet-ul Islom" nomi bilan mashhur"

O‘zbekistonda gid sifatida faoliyat ko’rsatuvchi Afzal Barnoyev “Onado’li” agentligiga bergan intervyusida Buxoro va Samarqand Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mashhur shaharlar ekanini ta’kidlab:

“Buxoroning asosiy ahamiyati islom olamidagi taʼlim markazlaridan biri ekanligidir. Shuning uchun shahar "Qubbet-ul Islom” nomi bilan mashhur.

XX asr boshlarigacha Buxoroda 400 ga yaqin madrasa boʻlgan. Odamlar uni “Madrasalar shahri” yoki “Talabalar shahri” deb atagan”,-deydi u.

Shaharga tashrif buyurganlar haqida ma'lumot bergan Barnoyev:

 “Ziyoratchilarimizning ko'pchiligi Islom olamidan.

O'tgan yili O'zbekistonga 2 millionga yaqin ziyoratchi keldi. Ularning ko'pchiligi Buxoroga ham kelishdi”, - deydi.

Barnayevning qoʻshimcha qilishicha, agar Buxoro va Istanbul oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov boʻlsa, ziyoratchilar soni koʻpayadi.

 "Makka va Madinadan keyin ko’rish kerak bo’lgan shahar"

 Toshkent elchixonasining sobiq diniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ibrohim Gemichining aytishicha, Buxoro buyuk islom ulamolari tug‘ilib o‘sgan va o‘z asarlarini qoldirgan, tarixiy muhitini saqlab qolgan muhim maskandir.

Shaharning madrasa va masjidlarining har qarichida o'zgacha bir go'zallik borligini ta'kidlagan Gemichi:

 "Bu haqiqatan ham ajoyib shahar. Bu Makka va Madinadan keyin ko'rish kerak bo'lgan  shahar. Buxoroga kirganingizda ajoyib ma'naviy muhitni his qilasiz",-deydi.

Yangiliklar