mangala-o-yini-ham-qiziqarli-ham-foydali

Mangala o’yini - ham qiziqarli, ham foydali

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tomonidan minglab yillik tarixga ega bo'lgan Mangala o'yini mashg'ulotlari olib borilmoqda

13 Mart 2021 19:15

Turkiyada an'anaviy sport turlari va o'yinlar kabi milliy qadriyatlarni kelajak avlodlarga yetkazib berish va butun dunyoga tanitish maqsadida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tomonidan minglab yillik tarixga ega bo'lgan Mangala o'yini yuzasidan bir qator mashg'ulotlar olib borilmoqda. Ushbu mashg’ulotlarga ko'pchilik qiziqish bildirgan.

Mangala o'yini 2020 yil 17 dekabrda YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan.

 

Jahon etnosport konfederatsiyasining an'anaviy o'yinlar bo'yicha mutaxassisi Meryem O’zdemirning so'zlariga ko'ra, Shanliurfadagi qadimiy Go’beklitepe devorlaridan mangalaga o'xshash rasmlar topilgan. Bu shuni anglatadiki, o'yin kamida 10 000 yil oldin paydo bo'lgan.

 

"O'yin qoidalari juda sodda va o'rganish oson"

 

Ushbu o'yinning o'yinchilari 2 kishidan iborat bo’ladi.

 

Mangala 48 ta tosh bilan o'ynaladi. Har bir o'yinchining doskasida 6 teshik bor, ulardan har birida to'rtta tosh bo’ladi.

 

Har bir o'yinchi o'yinni yutish uchun iloji boricha ko'proq toshlarni yutishi kerak.

 

O'yinchi tomonidagi oltita kichik teshiklar o'yinchining o'ynash maydonidir, qarama-qarshi tomonidagi oltita teshik esa raqibga tegishli.

 

Yurishni boshlaydigan o'yinchi o'zi xohlagan uydagi (chuqurdagi) barcha toshlarni oladi va bitta toshni uydan o'ngga siljitadi.

 

Agar oxirgi tosh xazinaga tushsa, siz yana o'ynashga haqlisiz.

 

Agar oxirgi tosh raqibning chuquriga tashlansa va bu teshikdagi toshlar soni juft bo’lsa, masalan, 2, 4, 6 va 8 kabi, o’yinchi raqibining chuquridagi barcha toshlarni o'z xazinasiga olishi mumkin.

 

Ishtirokchilar o'zlari (xazina) uchun iloji boricha ko'proq toshlarni yig'ishga harakat qilishadi. Eng ko'p tosh to'plagan o'yinchi g'olib deb hisoblanadi.

 

Mangala o'yinida kimning boshlashi juda muhim. Birinchi yurish haqqini kimga berilishi esa qura tashlash orqali aniqlab olinadi.

 

Mangala mantiqni rivojlantirish va aniq hisoblashning ajoyib usuli, chunki o'yinni o'ynash paytida matematik tarzda qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish kerak. Shuning uchun ham bu o'yin yoshlar uchun juda foydalidir.

 

 

Anahtar Kelimeler: Mangala o'yini, YUNESKO, an'anaviy sport,

Yangiliklar