markaziy-osiyoda-saqlanib-qolgan-yagona-shahar-yodgorlik-ichan-qala

Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar yodgorlik - Ichan Qal'a

2500 yoshdagi Ichan Qal'a dunyodagi noyob muzey-shahardir

22 Mayıs 2021 18:31

Bugungi kunda osmon ostidagi ochiq muzey shahri bo’lgan Xiva bir vaqtlar Buyuk Ipak yo'lidagi eng muhim siyosiy va madaniy shaharlardan biri edi.

Xivada turistlarni eng ko’p qiziqtirib kelayotgan, ularni dunyoning bir chekkasidan bo’lsa ham Xivaga choralayotgan ko’hna, asrorli tarix parchasi esa noyob me'moriy tuzilishga ega  bo’lgan shahar ichidagi shahar Ichan Qal’adir.

Ichan qalʼa shaharning nisbatan zamonaviy qismi bo’lmish tashqi qalʼadan devor bilan ajratilgan.

Ichan qalʼaga 4 darvozadan kirilgan bo’lib, bular:

Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Toshdarvoza, Ota darvozadir. Ichan Qal’a ko’plab tarixiy madrasa, masjid, saroy va minoralarni o’z ichiga oladi.

Hozirgi kunda ham 2600 kishi tarix bilan hamnafas ravishda yashab kelayotgan qal'ada bugungi kungacha saqlanib qolgan jami 54 ta tarixiy me'moriy obida va 360 ta uy bor.

Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorliklar yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik va naqqoshlik bilan bezatilgan.

Ichan qalʼa 1990-yildan YuNESKO ning Butun jahon yodgorliklari roʻyxatidan munosib o’rin egalladi.

1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi tan-tanali ravishda nishonlangan bo’lib, mana shu doirada bu yerdagi yodgorliklarni taʼmirlash va qayta tiklash ishlari olib borildi.

Yangiliklar