markaziy-osiyoda-sevib-istemol-qilinadigan-qurut

Markaziy Osiyoda sevib iste'mol qilinadigan - Qurut

Sut mahsuloti hisoblanuvchi qurutni bolalar ham kattalar ham sevib iste'mol qiladi

05 Aralık 2021 13:16

Qurt yoki qurut ham deb ataluvchi mahsulot Markaziy Osiyo xalqlarining sevimli yeguliklaridan biridir. U sigir yoki echki sutidan tayyorlanadi. 

Qurtlarni tayyorlash usuli qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qurut, nomidan ko'rinib turibdiki, quritish yo'li bilan tayyorlanadigan taomdir.

Qurt qanday tayyorlanadi?

Qurutni tayyorlash texnologiyasi, ovqatda qoʻllanilishi va usullari umuman turkiy tilli xalqlarda bir xil. Birinchidan, sut qaynatiladi va undan qartiq tayyorlanadi 

Keyin suvi suziladi va tuz sepib aralashtiriladi. Aralashmadan  yong'oq kattaligida olib qo'lda yoki maxsus apparatda aylantiriladi.

Qurt oshqozonni mustahkamlaydi va sog'liq uchun foydalidir.

 

Qurutning foydalari

Kurut temir, magniy, kaliy va kaltsiy kabi muhim oziq moddalarga boy. U ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, yosh bolalarning bo'yi o'sishiga yordam beradi va suyaklarni mustahkamlaydi. Shuningdek, u immunitet tizimini mustahkamlaydi va hujayralarni qayta tiklashga yordam beradi, qonning shikastlanish joyida ivishining oldini oladi.

Yangiliklar