23 Ocak 2022 14:28
Maxtumquli nomidagi Milliy musiqa drama teatri klassik uslubda qurilgan. Yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan, ustunlari oq marmardan qilingan.
Binoning umumiy sig'imi 800 o'ringa ega- zalda jami 576 ta va balkonda 224 ta o’rindiq mavjud.
Drama teatri repertuaridan mumtoz va zamonaviy turkman asarlari, baʼzan esa xorijlik sanʼatkorlarning konsertlari ham o’rin oladi. Teatrda sahnalashtirilgan spektakllarning aksariyati turkman xalqining tarixini aks ettiradi.
“Go‘ro‘g‘li”, “Layli va Majnun”, “Qorajao‘g‘lan”, “Tohir va Zuxra ” spektakillarini bunga misol qilish mumkin.
Shuningdek, teatrda bolalar uchun ham spektakllar sahnalashtiriladi.
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari teatrda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.