maya-kuliyeva-nomidagi-turkman-milliy-konservatoriyasi

Maya Kuliyeva nomidagi Turkman Milliy konservatoriyasi

Turkman Milliy konservatoriyasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda joylashgan.

04 Haziran 2022 13:02

Maya Kuliyeva nomidagi Turkman milliy konservatoriyasi Turkmaniston Madaniyat vazirligi qoshida faoliyat yurituvchi eng qadimgi va mamlakatdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir.

Konservatoriya 1972-yilda tashkil etilgan boʻlib, marhum prezident Saparmurod Niyozovning 1993-yil 2-iyundagi farmoni bilan Ashxobod davlat konservatoriyasi oʻrniga ochilgan.

Konservatoriyaga opera xonandasi Maya Kuliyeva nomi Turkmaniston Assambleyasining 2019-yil martdagi qarori bilan berilgan.

2019-yil oktabr oyida Turkmaniston milliy konservatoriyasi hududida Maya Kuliyeva muzeyi ochildi.

Turkmaniston milliy konservatoriyasida ta’lim muddati 5 yil davom etadi va bitiruvchilar AQSh bakalavriat darajasiga teng Oliy ta’lim Diplomiga ega bo‘ladilar.

Yangiliklar