mutafakkir-va-tarixchi-yusuf-akchura

Mutafakkir va tarixchi -Yusuf Akchura

U Rossiyadagi musulmon turklarning huquqlari uchun kurashgan edi

12 Mart 2021 15:11

Taniqli mutafakkir va tarixchi Yusuf Akchura 1876 yil 2-dekabrda Rossiyaning Simbir shahrida tug'ilgan.

Keyinchalik u oilasi bilan Qozonga ko'chib o'tdi. Otasi vafotidan keyin u onasi bilan Qozondan Istanbulga ko'chib kelgan.

U Istanbuldagi harbiy akademiyada tahsil olgan.

1897 yilda u davlat to'ntarishini rejalashtirishda ishtirok etgani uchun hibsga olingan.

1899 yilda u Fransiyaga qochib ketgan va Parijdagi "Jo’n Turklar" harakatiga qo'shilgan.

U Parijdagi siyosiy fanlar akademiyasida tahsil olgan. 1903 yilda Usmonli imperiyasining davlat muassasalari tarixi haqidagi dissertatsiyasini himoya qildi.

Akchura 1903 yilda Fransiyadan Rossiyaning Qozon shahriga o'qituvchi sifatida qaytib keldi.

1908 yilgacha u rus gazeta va jurnallarida maqolalar chop etib, "Rossiya musulmonlari" siyosiy harakatida qatnashgan. U siyosiy maqolalari uchun Rossiya ma'muriyati tomonidan ostida 43 kunga qamatildi.

U 1908 yilda Istanbulga qaytib keldi va o'z faoliyatini "Turk Yurdu" jurnalining bosh muharriri sifatida davom ettirdi.

U turklar jamiyati va turklar o‘chog‘iga asos solgan. Shu bilan birga u Istanbulda o'qituvchilik faoliyatini davom ettirdi.

U Rossiyadagi musulmon turkiy xalqlarni himoya qilish qo'mitasi a'zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Shveytsariyadagi konferensiyasida ishtirok etdi.

1917-1919 yillarda u Qizil yarim oy jamiyati vakili sifatida G'arbiy Yevropa va Rossiyada bo’ldi.

U 1920 yilda Anado’lu mustaqillik urushida qatnashish uchun Istanbulni tark etdi. Akchura Turkiya Respublikasi mafkurasining tashkil topishiga hissa qo'shgan shaxslardan biridir.

U Turkiya Respublikasi tashkil etilgandan keyin Mustafo Kamol Otaturk yonida faoliyat ko’rsatdi. Keyinroq u parlamentga Istanbul saylov okrugining saylangan a'zosi sifatida kirdi. Akchura 1935 yil 11 martda Istanbulda vafot etdi.

Akchuraning asarlari

1904 yilda Turkiyaning bir jurnalida "Siyosatning uchta uslubi" nomli maqolasi chop etildi, unda Akchura "Usmoniylik", "Islomiyat" va "Turkchilik" siyosiy oqimlarini muhokama qilgan.

Asarlari: "Siyosatning uchta uslubi", "Ali Kamol" va "Ahmed Ferid", "Zamonaviy Evropadagi siyosiy va ijtimoiy g'oyalar", "Siyosat va iqtisodiyotga oid maqolalar", "Usmoniylar imperiyasining qulashi", "Turkiya yili" va boshqalardir.

Yangiliklar