navroz-bayrami-trt-avazda-nishonlanadi

Navro'z bayrami TRT Avazda nishonlanadi

Bahorning elchisi - Navro'z bayramiga bag’ishlangan dastur  TRT Avazda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

21 Mart 2022 14:07

Prezidentlik Simfonik Orkestri va Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) tomonidan tayyorlangan "2022 yilgi Navro'z konsert dasturi" bugun kechqurun soat 19.00 da TRT Avazda jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek TRT Avaz tashkil topishining 13 yilligi ham mazkur konsert dasturi bilan nishonlanadi.

Konsertda Turk dunyosi san’atkorlarining chiqishlari ham o’rin oladi.

 Marat Jalbirov dirijyorlik qiladigan ushbu konsertning badiiy rahbari esa Arman Ermuhammetdir.

Dasturda Turkiya, O'zbekiston, Moldova, Qozog'iston, Ozarbayjon va Turkmanistonning ham milliy raqs, kuy va qo'shiqlari ijro etiladi.

Yangiliklar