navrozning-ramzlaridan-biri-samani-dir

Navro'zning ramzlaridan biri “samani”dir

Samani  tayyorlashdan asosiy maqsad uni barchaga tarqatish orqali ezgulik ulashish va ularning minnatdorligi va savobini olishdir

21 Mart 2021 15:17

Navro’z – bu yangi yilning boshlanishidir. Ushbu kun - turkiyzabon xalqlar madaniyatida katta ahmiyat kasb etadi.

Navro’z - bahor elchisi!

Bu xalqnı biralshtiruvchi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatni yoqlovchi an’ana unsuri, o’yin-kulgu, xalq o’g’zaki ijodini jonlantiruvchi omildir.

Navro'zning ramzlaridan biri esa ko’kartirilgan bug’doy yoki boshqa bazi o’simliklardir.

Bu ko’pchilik xalqlarda “samani” deb nomlanadi.

Samanini tayyolash jarayoni Navro’zdan bir necha kun oldin boshlanadi. Birinchidan, sifatli bug'doy, makkajo'xori  yoki, no'xat tanlanadi, tozalanadi, yuviladi va kichik, chiroyli idishlarga ekiladi.

Ushbu o'zgarmas Navro'z an'anasi turkiyzabon xalqlarda azaldan saqlanib kelingan.

21-mart kuni quyosh nurlari yer yuzida porlaganida, Navro’z bayrami tantanalari boshlanadi.

Samani  tayyorlashdan asosiy maqsad uni barchaga tarqatish orqali ezgulik ulashish va ularning minnatdorligi va savobini olishdir

Turkiyalik ayol Emine Ishik Edabalining so'zlariga ko'ra, samani - bu Navro’zning ramzi.

Samani tabiatning jonlanishi  va go'zalligini, ona tabiat sevgisini ifoda etadi.

 

Yangiliklar