naxchivanda-ochilgan-chang-i-markazida-turkiyalik-mutaxassislar-faoliyat-ko-rsat

Naxchivanda ochilgan chang’i markazida turkiyalik mutaxassislar faoliyat ko’rsatmoqda

Naxchivan Avtonom Respublikasining Shahbuz shahrida "Oqbuloq" chang’i uchish markazi ochildi

13 Mart 2021 21:30

Naxchivan Avtonom Respublikasining Shahbuz shahrida "Oqbuloq" chang’i uchish markazi ochildi. Yangi markazda turkiyalik instruktorlar faoliyat ko’rsatadi.

Turkiyaning Kayseri viloyatidagi Erjiyes chang’i markazining professional jamoasi Naxchivan aholisiga chang'i mashqlari, chang'i uchish xavfsizligi bo'yicha maslahatlar beradi.

Selahattin Sungur - Oqbuloqdagi turkiyalik maslahatchilardan biri. Uning so'zlariga ko'ra, Oqbuloq chang'i markazida kuchli xavfsizlik choralari ko’rilgan.

Barcha zarur chora-tadbirlar ko'rilgandan keyingina ushbu markaz mehmonlarga o'z eshiklarini ochdi.

Turkiyadan kelgan murabbiylar nafaqat chang'i markaziga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatishadi, balki naxchivanlik instruktorlar uchun maxsus chang'i uchishga tayyorlash kurslari orqali o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

Chang’i uchish bo'yicha mutaxassis Ali Shan Sog’anjining so'zlariga ko'ra, Turkiyadan kelgan guruh Naxchivanlik mutaxassislarni o'qitgandan so'ng Kayseriga qaytadi.

Naxchivanlik  kurs talabalaridan biri Zahide Allahverdi: “Bu mening bu yerdagi birinchi shartnomam. Menga juda yoqdi. Eng yaxshi mutaxassisdan chang'i sportini o'rganish ham bir baxtdir. Markazda bolalar va kattalar uchun qulay sharoitlar mavjud. Men chang'i uchish sirlarini o'rganganimdan juda xursandman”, - dedi u.

Yangiliklar