necha-asrlarga-guvoh-bolmish-tarixiy-marv-shahridagi-maqbaralar-va-yodgorliklar

Necha asrlarga guvoh bo'lmish tarixiy Marv shahridagi maqbaralar va yodgorliklar

Saljuqiylar davlati poytaxti-Marv shahridagi tarixiy maqbaralar va yodgorliklar

22 Mayıs 2022 17:37

Turkmanistonning janubiy hududida joylashgan qadimiy Marv boy tarixiy obidalari bilan turk-islom tarixining eng muhim sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri sifatida tanilgan.

Ko'plab kutubxonalar,  maqbaralar va qal'alar mavjud bo'lgan Marv shahrida ko’plab olimlar va avliyolar yashagan.

Mintaqaning eng qadimiy qal'asi Erk qal'asi miloddan avvalgi V asrda qurilgan va 20 gektar maydonda joylashgan bo'lib, 25 metrlik devorlari asrlar o'tgan bo'lsa ham haligacha saqlanib qolgan.

Erk qal'asi atrofini qamrab olgan Gavur qal'asi 2 kilometr uzunlik va 400 gektar maydon bilan Marvning tarixiy bir qismi sifatida muhofaza qilinadi.

Tarixiy Ipak yo‘li Marv shahrining madaniyat markaziga aylanishida muhim rol o‘ynagan.

Tarixiy yorgorliklari bilan mashhur boʻlgan Marv shahrining Katta va Kichik Qiz qalʼalari 6-asrda xom taxtadan qurilgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan.

Xalqning hurmatiga sazovor bo'lgan sahobalar-Hakam El Gifari va Bureyde El Eslemi Marvda Islomni vakili bo’lgan va  diniy infratuzilmani yaratgan bo'lib, ushbu sahobalarning maqbaralari bugungi kunda turkman xalqining eng ko'p ziyorat qiladigan joylaridan hisoblanadi.

Sharqning buyuk din olimi Yusuf Hamadoniy maqbarasi mintaqadagi eng ko'p ziyorat qilinadigan joylardandir.

Yangiliklar