nigdeda-navrozga-bagishlangan-yirik-tadbir-tashkil-etildi

Nig'deda Navro'zga bag'ishlangan yirik tadbir tashkil etildi

Xalqaro Turk Madaniyati tashkiloti Nig'de hokimiyati va oliygoh bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida Navro'z alangasi ham yoqildi

23 Mart 2022 17:10

TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov dasturda so’zlagan nutqida Navro’zning to’kinlik, unumdorlik, tinchlik, sevgi, birodarlik, do’stlik va tinchlik ramzi ekanligini ta’kidladi.

Kaseinov Navro'z an'anasini saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida 1993 yildan buyon dunyoning 30 ga yaqin davlatida 150 dan ortiq kontsert uyushtirganliklarini bildirdi.

"Biz minglab odamlar bilan birga Navro'z quvonchini boshdan kechirdik. Endi navbat Nig'deda.

Ozarbayjon, Qozog'iston raqs ansambllari bilan siz hurmatli ishtirokchilarga Navro'zning barcha ranglarini va umumiy madaniyatimizning barcha boyligini taqdim etamiz.

Biz Navro‘z kabi milliy bayramlarimizni asrab-avaylash, mushtarak tarixi va madaniyatini bog‘lovchi qadriyatlarimizni, birdamlik va hamjihatligimizni saqlab qolish zarur, deb hisoblaymiz”, -dedi u.

Nig'de O'mer Halisdemir universiteti rektori Prof. Dr. Hasan Uslu ham “Yangi kun” nomi bilan nishonlanayotgan Navro‘z bayramini kutib olishdan xursand ekanliklarini bildirdi.

"Navro‘z bayramimizni bu yil TURKSOY bilan nishonlayapmiz. Raqs ansambllarining chiqishi, olov yoqish marosimi, turli ziyofatlar va konsertlarni o‘z ichiga olgan ushbu go‘zal dasturga qo‘shgan hissasi uchun barcha tomonlarga, ayniqsa TURKSOYga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, - dedi u

Shahar hokimi Emrah O'zdemir ham barchani Navro'z bayrami bilan tabrikladi.

Tadbir doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Bosniya va Gersegovinadan kelgan raqs ansambllari o‘z milliy liboslarida chiqish qildi.

 

Yangiliklar