o-zbekiston-mustaqilligining-30-yilligi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi

Sovet Ittifoqi parchalangach,1991 yil 31 avgustda o'z mustaqilligini e'lon qilgan Mustaqil O'zbekiston 30 yoshga to'ldi.

01 Eylül 2021 17:07

O'zbekiston 1991 yil 31 avgustda, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi parchalana boshlagach Qirg'iziston bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi Turk Respublikalari orasida o'z mustaqilligini e'lon qilgan birinchi ikki davlat bo'ldi. 1991 yil 31 avgust kuni O'zbekiston Oliy Kengashi "O'zbekistonning davlat mustaqilligi qonuni" ni qabul qilib, 1 sentabrni Mustaqillik kuni sifatida nishonlashga qaror qildi.O'zbekiston mustaqilligini birinchi bo'lib tan olgan davlat Turkiya bo'ldi.

Iqtisodiy rivojlanish

Sovet Ittifoqi davrida 1990 yilda 17,7 milliard dollar bo'lgan O'zbekiston Yalpi ichki mahsuloti mustaqillikning 30 yilida 3,5 barobar o'sdi va 60 milliard dollarga yetdi.

Musatqillik davrida o'z imkoniyati va salohiyatlaridan foydalanish uchun to'qimachilik sohasini rivojlantira boshlagan O'zbekiston paxta eksport qiluvchi mamlakat bo'lishdan voz kechdi va to'qimachilik sohasiga muhim sarmoyalar kiritdi. Natijada, mustaqillikning dastlabki yillarida to'qimachilik mahsulotlarini import qilgan mamlakat bo'lgan O'zbekiston to'qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatlardan biriga aylandi. O'zbekiston to'qimachilik mahsulotlari eksporti 2020 yilda 18,1 foiz o'sish bilan 1 milliard 922,2 million dollarga yetdi.

 

Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi islohatlar

2016 yil sentyabr oyida Islom Karimov vafotidan keyin prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy islohotlari, diplomatiyada ochiqlik siyosati va yaxshi qo'shnichilik munosabatlari bilan mamlakat tarixida yangi davrni boshlatdi. Shavkat Mirziyoyev, prezidentligining birinchi yilida barcha Markaziy Osiyo respublikalariga tashrif buyurdi va O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan munosabatlarini yaxshilashga va bu davlatlar bilan bo'lgan barcha muammolarini hal qilishga muvaffaq bo'ldi.

Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangach u Turk Kengashiga katta qiziqish ko'rsatdi. U 2018 yilda Bishkekda o'tkazilgan Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashi yig'ilishida ishtirok etdi va 2019 yilda O'zbekiston kengash a'zosiga aylandi.

Shuningdek, Sh. Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari maslahat kengashi tashkil etilishiga boshchilik qildi

 

Turkiya bilan munosabatlar

Turkiya 1991 yil 16 dekabrda o'z mustaqilligini e'lon qilgan O'zbekistonni birinchi bo'lib tan olgan davlatga aylandi. 1992 yil 4 mart muni esa ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi 1992 yil aprelda, O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 1993 yil yanvarda ochilgan.

 

Yangiliklar