o-zbekiston-poytaxti-toshkent-shahrida-o-tkazilgan-bolalar-va-bolalar-kiyimlari

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Bolalar va bolalar kiyimlari sanoatining xorijdagi marketing dasturi” doirasida Bursadan kelgan chaqaloq va bolalar kiyimlari sanoati sohasi vakillari mingdan ortiq eksport kompaniyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkiyaning Oʻzbekistonga chaqaloq va bolalar kiyimlari eksporti yangi ikki tomonlama kelishuvlar bilan yanada ortishi kutilmoqda.

03 Temmuz 2022 10:01

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Bursa Savdo-sanoat palatasi tomonidan 30-iyun-1-iyul kunlari uyushtirilgan dasturda ishtirok etgan Bursalik 40 nafar ushbu soha vakili Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi 10 milliard dollarlik savdo hajmiga hissa qoʻshish maqsadida kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.

Ular  “Chaqaloq va bolalar kiyimlari sanoatining xorijdagi marketing dasturi” doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an O’zbekistonga tashrifi chog’ida “Imtiyozli savdo shartnomasi”ni imzolagan edi. Ular orasida chaqaloq va bolalar kiyimlari sanoati hamkorligiga qaratilgan shartnoma ham bo’lgan.

Turkiyaning Oʻzbekistonga chaqaloq va bolalar kiyimlari eksporti yangi ikki tomonlama kelishuvlar bilan yanada ortishi kutilmoqda.

Ma’lumki INDEX tadbir maydonidagi Turkiya va O'zbekiston biznes forumida to'qimachilik va yengil sanoat sohasidagi  hamkorlikni kengaytirish masalasi ham  muhokama qilingan edi.

Unda Chaqaloqlar va Bolalar Kiyim Sanoatchilar va Ishbilarmonlar Uyushmasi raisi O'mer Yildiz, Bursa kompaniyalari mahsulotlarining 70-80 foizini eksport qilishini aytib, shaharning ishlab chiqarish salohiyati haqida ma'lumot bergan.

U yangi davrda O‘zbekiston bilan tijoriy aloqalarni rivojlantirishda bunday tashkilotlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov esa to‘qimachilik sanoatiga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashar ekan, bundan buyon ham ishbilarmonlarni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini  ta’kidladi.

Bursa Savdo-sanoat palatasi Boshqaruv Raisi o'rinbosari Ismail Kush esa O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida jiddiy qadamlar tashlanganligini ta’kidlagan nutqini quyidagicha davom ettirdi:

"Biz biznes olami sifatida munosabatlarimizni mustahkam saqlashimiz kerak, deb hisoblayman. Biz butun dunyo bo'ylab sayohat qilamiz.  So'nggi 6 yil ichida 14 davlatga tashrif buyurdik. Biz chaqaloq va bolalar kiyim-kechak sanoatini yaratdik. Bu sohada Bursa dunyodagi yetakchi shaharlardan biri.

O‘zbekiston va Bursa to‘qimachilik sohasida  yirik istiqbollarga ega. Yaqin vaqt ichida aloqalarimiz yanada rivojlanadi".

 

Yangiliklar