o-zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasida-o-zbek-tilida

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi

24 Eylül 2020 12:12

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida O'zbekiston mustaqillikka erishganidan beri prezident sifatida qilgan nutqida birinchi marta rus tilidan emas, o'zbek tilidan foydalangan Mirziyoyev o'z nutqida yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) pandemiyasi insoniyatning bunday global tahdidlarga qarshi himoyasiz ekanligini va doimiy muloqot, ishonch va hamkorlikning ahamiyatini yana bir bor yaqqol  namoyish etganligini ta'kidladi.

"Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa'y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas'uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda  rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.

Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini ta'minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.

Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim"- degan SH. Mirziyoyev.

 

Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida

 

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida tub o‘zgarishlar yuz berayotganligiga diqqat qaratgan Sh. Mirziyoyev, "Biz mintaqa davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch, do‘stlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik, muntazam o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari umumiy yutug‘imiz bo‘ldi. 

Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo‘lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo‘laklariga chuqur integratsiyasini ta'minlashdir.

Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etamiz"dedi.

Mirziyoyev, 2021- yilda O'zbekistonning   YuNeSKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o‘tkazishga tayyor ekanligini e'lon qilgan.

 

Afg‘oniston masalasi

 

O'z nutqida Shavkat Mirziyoyev " biz Afg'onistonni  Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz.

Biz joriy yilning sentabr oyida Doha shahrida afg‘on siyosiy kuchlari o‘rtasida boshlangan tinchlik muzokaralarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralar jafokash afg‘on zaminida tinchlik va barqarorlik o‘rnatishiga umid qilamiz.

Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afg‘onistonni keng jalb etish maqsadida «Surxon – Puli Xumri» elektr uzatish tarmog‘ini, Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yo‘l qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga kirishdik.

Fikrimizcha, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy e'tibor markazida bo‘lib qolishi zarur" deb ta'kidlagan.

 

“Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilinsin”

 

Shavkat Mirziyoyev Orol muammosiga ham e'tibor qaratdi. U Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etgan. " Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi" degan O'zbekiston Davlat rahbari

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar