o-zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-navro-z-bayrami-munosabati-bilan-140-n

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami munosabati bilan 140 nafar fuqaroni afv etdi

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

20 Mart 2021 16:57

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida 140 nafar fuqaro afv etildi.

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Ularning 4 nafari belgilangan jazodan to‘liq ozod etilgan bo’lsa, 69 nafari jazoni o‘tash muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.

8 nafar fuqaroga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi esa yengilroq jazoga o’zgartirildi.

Shuningdek, 59 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirilgan.

Afv etilganlarning 12 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.

Bundan tashqari, avf etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotda faol bo’lishi, sog’lom turmush tarziga qaytishlari va jamiyatda o’z o‘rinlarini topishlari uchun ularni qo’llab quvvatlash haqida tegishli idoralarga ko’rsatma berilgan.

 

Yangiliklar