o-zbekiston-va-qirg-iziston-bahsli-chegara-hududlari-muammosiga-chek-qoydi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlari muammosiga chek qo'ydi

Ushbu muammoga bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazish yo'li bilan yechim topilgan

26 Mart 2021 19:46

Qirg’iziston Milliy xavfsizlik qo’mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Toshkentda o’tqazilgan O‘zbekiston va Qirg’iziston hukumatlari delegatsiyasining uchrashuvi natijalari yuzasidan bayonot berdi.

Bishkekda o'tkazilgan matbuot anjumanida Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi Q. Tashiyev qirg'iz-o'zbek chegarasi masalasi yuz foiz hal qilinganligini ta’kidlagan.

“Biz o'zaro yer almashish orqali O'zbekiston bilan chegara muammosini hal qildik. Bu masalada g'olib yoki yutqazganlar yo'q edi” , - dedi u.

Tashiyev protokol imzolangandan so'ng, O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida bahsli hududlar qolmaganligini ta'kidladi.

Unga ko'ra, Orto-Tokoy suv omborining bir qator uchastkalarini Qirg'iziston tomoni kesib o'tgan.

Qamchibek Tashiyevning ma’lum qilishicha, Kampirravot suv ombori hududida ba’zi shartlar bilan O’zbekiston hududida qoladi.

Demarkatsiya jarayonida O‘zbekiston Andijon viloyatining O‘sh viloyati Uzgen tumani va Jalolobod viloyatining So’zak tumanlari bilan chegaradosh hududdagi 1000 gektar yerni tovon sifatida Qirg‘izistonga topshiradi.

Tomonlar Shahrixonsoy kanalining hududlarini chegara nuqtalari hududidagi Andijon suv ombori to’g‘onini, kanaldan to‘g‘on o‘rtasigacha, O‘zbekistonga 50 gektar yer ajratgan holda, xatlovdan o‘tkazishga kelishib olgan.

Shuningdek Bayastan hududi, Savay hududi, Unkar-Too hududi, Beles hududi qayta xatlovdan o‘tkaziladi.

Toshkentda delimitatsiya va demarkatsiya bo'yicha komissiya yig'ilishida imzolangan protokol tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlanadi va prezidentlar imzolagandan so'ng parlamentlar tomonidan tasdiqdan o’tqaziladi.

 

Yangiliklar