o-zbekiston-va-turkiya-hamkorligida-o-tkazilgan-maxsus-taktik-o-quv-mashg-ulotla

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida o‘tkazilgan maxsus-taktik o’quv mashg’ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ham o’tkazildi

26 Mart 2021 11:25

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida o‘tkazilgan maxsus-taktik o’quv mashg’ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Turkiya Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ham o’tkazildi.

O’zbek va turk harbiylar uch bosqichli yakuniy taktik harakatlarni amalga oshirdi. Unda dastlab noqonuniy qurollangan tuzilmalarni aniqlash va bartaraf qilishga qaratilgan hamkorlikdagi maxsus operatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha taktik harakatlar amalga oshirildi.

Taktik-o‘quv mashg‘ulotlarini Turkiya Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, Yashar Guler hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig’i, Shuhrat Xolmuhamedov kuzatib bordi.

Ikkinchi bosqichda esa harbiylar noqonuniy qurollangan tuzilmalarni shahar sharoitida bartaraf etish bo‘yicha vazifani a’lo darajada bajardi.

Mashg‘ulot rejasiga ko‘ra unda uchuvchisiz uchish apparati yordamida shartli dushman haqidagi ma’lumotlar aniqlandi.

To’plangan ma’lumotlar asosida ikki davlat harbiy bo’linmalari zirhlangan jangovar vositalar yordamida dushman to‘dalariga zarba berdi.

 “Do’stlik – 2021” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Sh.Xolmuhammedov va Yashar Guler so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida o’zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalari yanada rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.

Ular hamkorlikdagi mazkur o‘quv mashg’ulotining o’zbek va turk harbiylari uchun o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarini, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga diqqat qaratdi.

 

Yangiliklar