o-zbekiston-va-turkiya-harbiylari-hamkorligida-maxsus-harbiy-mashg-ulotlar-bosh

O’zbekiston va Turkiya harbiylari hamkorligida maxsus harbiy mashg’ulotlar  boshlandi.

O’zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan Termiz shahrida O’zbekiston va Turkiya harbiylari hamkorligida maxsus harbiy mashg’ulotlar  o'tkazilmoqda

22 Mart 2021 19:44

Termiz shahrida O’zbekiston va Turkiya harbiylari hamkorligida maxsus harbiy mashg’ulotlar  boshlandi.

O’zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlarining ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi  amaliy mashg’ulotlarining  ochilish marosimi ham o’tkazildi.

Ochilishda O’zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig’i Laziz Usmonov, Janubiy operativ qo’mondonlik boshlig’i Po’lat Sativaldiyev va Turkiya maxsus operatsiya kuchlari qo’mandoni o’rinbosari Rushtu To’redi va har ikki davlatning harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar.

25- mart kuni Turkiya bosh shtab rahbari Yashar Guler ushbu mashg’ulotlarni tomosha qiladi.

Hamkorlikdagi mazkur o‘quv mashg’ulotlari 27-martda o’z nihoyasiga yetadi

Yangiliklar