o-zbekiston-va-turkiya-ortasidagi-savdo-hajmini-5-milliard-dollarga-olib-chiqi

O’zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo hajmini 5 milliard dollarga olib chiqish maqsad qilingan

Turkiya  Savdo Vaziri Ruhsar Pekjanning O'zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi davom etmoqda

08 Nisan 2021 13:00

Turkiya  Savdo Vaziri Ruhsar Pekjan O'zbekistonga tashrifi doirasida Bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida R. Pekjan o’zining O'zbekistonga qilgan tashrifidan juda mamnun ekanligini ta'kidlab, ikki mamlakat o'rtasida madaniy, tarixiy va qardoshlik munosabatlariga asoslangan strategik hamkorlik mavjudligini ta'kidladi.

2020 yil iyul oyida ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lganliklarini eslatib o’tgan R. Pekjan, ushbu tashrif bilan aloqalarni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lganliklarini aytgan.

R. Pekjan: "Maqsadimiz o'zaro iqtisodiy aloqalarimizni mamlakatlarimiz o'rtasidagi birodarlik va do'stlikka mutanosib darajada rivojlantirishdir. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo hajmi 2 milliard dollarga teng. Bizning maqsadimiz esa  bu ko’rsatgichni davlar rahbarlarimiz ham ta’kidlaganidek, 5 milliard dollarga olib chiqishdir", - degan.

O’z navbatida, S. Umurzoqov Turkiya delegatsiyasini O'zbekistonda ko'rib turganidan mamnun  ekanligini ta’kidlagan holda, ushbu uchrashuvlar natijasida ikki davlat iqtisodiy aloqalarining yangi darajaga ko'tarilishiga ishonch bildirdi.

Ushbu rasmiy tashrifi doirasida, R. Pekjanning O'zbekiston va Turkiya aloqalariga qaratilgan davra suhbati yig’ilishida ishtirok etishi,  shuningdek, O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasi raisi Murodjon Azimov bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar