o-zbekiston

O’zbekiston

O’zbekiston

02 Eylül 2020 15:07

O’zbekiston Sog’liqni Saqlash Vazirligining ma’lumot berishicha, ohirgi  bir kun ichida mamlakat bo’ylab koronavirus bemorlari soni yana 243 nafarga ortgan va 42 ming 370ga yetgan.

Koronavirus tufayli yana 3 kishi halok bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatgich 326 nafarni tashkil etgan.

Sog’ayganlar soni esa 126 nafarga ortgan va 39 ming 664 nafarga yetgan bo’lib, bu bemorlarning 93 %i sog’ayganligini ko’rsatmoqda.

Hozirda ushbu davlatda 100 ming kishi karantin nazoratida bo’lib, 2 ming 380  kishi shifoxonada muolaja olmoqda.

Ayni vaqtda O'zbekistonda oliygohga kirish imtihonlari boshlandi.

14 kun davomida ertalab va kechki vaqt tashkil etilishi kutilayotgan imtihonlar pandemiya tufayli ochiq maydonlarda o'tqazilmoqda.

Karantin 15-avgustdan bosqichma bosqich yumshatilgan O’zbekistonda kuniga 400 tadan kamroq koronavirus bemori aniqlanmoqda.

Yangiliklar