o-zbekistonda-15-martdan-ushbu-mamlakat-hududiga-kiruvchilardan-koronavirus-inf

O‘zbekistonda 15-martdan ushbu mamlakat hududiga kiruvchilardan koronavirus infeksiyasiga majburiy antigen ekspress-test olish tartibi bekor qilinadi

Endilikda O’zbekiston hududiga havo va temiryo’l qatnovlari orqali kirayotgan shaxslar havo yoki temiryo‘l qatnoviga ro’yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko’p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega degan natijani taqdim etishi zarur

15 Mart 2021 11:03

O’zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish va turizm kabi bir qator masalalar muhokama qilingan. O‘zbekistonga havo, temiryo’l hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o’z hisobidan aeroport, temiryo‘l vokzali yoki chegara punktida koronavirus infeksiyasiga ekspress-test olish tartibi bekor qilinadi.

Endilikda O’zbekiston hududiga havo va temiryo’l qatnovlari orqali kirayotgan shaxslar havo yoki temiryo‘l qatnoviga ro’yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko’p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega degan natijani taqdim etishi zarur.

O’zbekistonda 14-mart kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 111 ta yangi holat qayd etildi. Bu dekabrdan buyon birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlangan holat edi.

Yangiliklar