o-zbekistonda-aholini-koronavirusga-qarshi-1-apreldan-emlash-rejalashtirilgan

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi 1-apreldan emlash rejalashtirilgan

O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 17-mart kuni Astra Zeneca vaksinasining bir qismi yetkazib berilgan edi

24 Mart 2021 14:20

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi 1-apreldan emlash rejalashtirilgan.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili  Nurmat Otabekov O’zbekistonda aholini emlash tadbirlari 1-apreldan boshlanishini aytgan.

“O’zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina 330 ming odamni ikki marta emlash kerak bo’ladi. Buning uchun vaksinalardan samarali foydalanishimiz zarur”, - degan Nurmat Otabekov.

Eslatib, o’tamiz O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 17-mart kuni Astra Zeneca vaksinasining bir qismi yetkazib berilgan edi.

O’zbekistonda so'nggi 24 soat ichida Kovid-19 kasalligi soni 119 taga ko'payib, 81 ming 678 kishiga yetgan.  Sog’ayganlar soni esa yana 96 kishiga ko'payib, 80 ming 45 kishini tahskil etgan. Ushbu mamlakatda koronavirus tufayli jami 623 kishi vafot etdi.

Yangiliklar